date

Marsdan kelgan eng katta meteorit 4,3 mln dollarga sotildi

Marsdan kelgan eng katta meteorit 4,3 mln dollarga sotildi
Qadimgi osmon jismlari haqidagi topilmalar orasida bu galgi xabar katta qiziqish uyg‘otdi: Mars sayyorasidan kelgan va Yerda hozirgacha topilgan eng yirik meteorit Nyu-Yorkdagi Sotheby's auksionida 4,3 million dollarga (taxminan 54 milliard so‘m) sotildi, deb BBC xabar berdi.

Bu noyob tosh “NWA 16788” deb nomlanadi. Uning og‘irligi 24,5 kg, uzunligi esa 38,1 smni tashkil qiladi. U 2023 yil noyabrida Nigeriyadagi cho‘l hududida topilgan. Meteorit Yerdagi boshqa barcha Marsga oid meteoritlardan 70% kattaroqdir.

Sotheby's ushbu meteoritni “aql bovar qilmas darajada noyob” deb ta’rifladi. Bugungacha Yerda aniqlangan barcha Mars meteoritlari soni bor-yo‘g‘i 400 ta atrofida. Bu esa NWA 16788'ni haqiqiy ilmiy xazinaga aylantiradi.

Sotheby's'ning fan va tabiiy tarix bo‘yicha rais o‘rinbosari Kassandra Xatton: “Bu Marsdan kelgan Yerdagi eng katta tosh. Buning Yerga yetib kelishiga imkoniyat juda oz. Agar u suvga tushganida, biz uni topolmagan bo‘lar edik”, — dedi.

Auksiondagi sotuvdan keyin soliq va qo‘shimcha to‘lovlar bilan narxi 5,3 million dollarga (taxminan 67 milliard so‘m) yetdi. Meteoritni kim sotib olgani sir saqlanmoqda.

Shu kuni o‘tkazilgan auksionda Yura davriga tegishli Ceratosaurus dinozavri skeleti 26 million dollarga va Pachycephalosaurus bosh suyagi 1,4 million dollarga sotildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Marsdan kelgan eng katta meteorit 4,3 mln dollarga sotildi