
AQShning prezidenti Donald Trumpga ko‘ra, Coca-Cola kompaniyasi AQShda sotiladigan mahsulotlarida endi makkajo‘xori siropi o‘rniga haqiqiy qamish shakaridan foydalanishga rozi bo‘lgan, deb BBC xabar berdi.
Trump Truth Socialdagi postida shunday deb yozdi: “Men Coca-Cola bilan AQShdagi ichimliklarida REAL qamish shakari ishlatish bo‘yicha gaplashdim va ular bunga rozi bo‘lishdi. Bu ajoyib qaror — ko‘rasiz, bu shunchaki yaxshiroq!”
Kompaniya rasmiysi bu o‘zgarishni to‘liq tasdiqlamagan bo‘lsa-da, “Prezident Trumpning qiziqishini qadrlaymiz, tez orada Coca-Cola mahsulotlaridagi yangiliklar haqida ma’lumot beramiz,” dеya izoh berdi.
Ma’lumot uchun, AQShdagi Coca-Cola ichimliklari odatda makkajo‘xori siropi bilan shiralanadi, boshqa ko‘plab davlatlarda esa (Meksika, Buyuk Britaniya, Avstraliya) qamish shakaridan foydalaniladi.
Kompaniya bosh direktori James Quinsey esa aprelda “ichimliklarda shakar miqdorini kamaytirish bo‘yicha ishlayapmiz, retseptlar yangilanmoqda,” degan edi.
Ammo bunday qaror AQShda yetishtiriladigan makkajo‘xori sanoati uchun tahdidli ko‘rinadi. Corn Refiners Association rahbari John Bode “bu minglab ish o‘rinlarining yo‘qolishiga, fermerlar daromadining kamayishiga olib keladi. Qamish shakari esa sog‘liqqa foydaliroq emas,” — dedi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Robert F. Kennedy Jr va uning “Make America Healthy Again” harakati makkajo‘xori siropi, sun’iy bo‘yoqlar va urug‘ moylari kabi moddalarni mahsulotlardan chiqarishga chaqirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Trumpning o‘zi Diet Coke ichimligini yaxshi ko‘radi. Prezidentlik davrida Oq uydagi ish stoliga maxsus tugma o‘rnatilgan bo‘lib, u orqali unga Diet Coke olib kelinardi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar