Donald Tramp AQSh boshqa hukumatlarni ag‘darishga harakat qilishni to‘xtatadi deya va’da berdi, deyiladi Yangidunyo nashrida. “Biz va nihoyat tarixdagi xatolardan o‘rganadigan yangi tashqi siyosat olib boramiz. Boshqa davlatlardagi hukumatlarni yiqitishga harakatlarni bas qilamiz. Bizning maqsadimiz – barqarorlik, tartibsizlik emas, chunki biz o‘z davlatimizni qurmoqchimiz, buning vaqti keldi”, - deydi Tramp.
Siyosatchining gaplariga ko‘ra, AQShning yangi hukumati boshqa davlatlar bilan hamkorlikda umumiy manfaatlar uchun va dunyoda yangi o‘zaro tinchlik, hurmat va erkinlik hukm suradigan davr o‘rnatish uchun harakat qiladi. Shuningdek, uning aytishicha AQSh yangi hukumatining Yaqin Sharqqa bo‘lgan siyosati oldingi hukumatnikidan tubdan farq qiladi.
“Oxirgi hisob-kitoblarga ko‘ra, shu hafta holatiga biz Yaqin Sharqda $6 trillion sarfladik. Ammo Yaqin Sharq esa har doimgidan ham yomonroq ahvolda. Tez kunlarda o‘zgarishlarning guvohi bo‘lasizlar”, - deydi respublikachilar etakchisi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi