date

AQSh Zelenskiy o‘rnini yangisiga almashtirmoqchimi?

AQSh Zelenskiy o‘rnini yangisiga almashtirmoqchimi?
Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni o‘z lavozimini tark etishga majburlashi mumkin. Bu haqda Amerikadagi taniqli mustaqil jurnalist, Pulitser mukofoti sohibi Seymur Xersh ma’lum qildi, deb xabar berdi xalqaro ommaviy axborot vositalari.

Uning ta’kidlashicha, AQSH rasmiylari orasida Zelenskiyning hokimiyatda qolishi Ukrainadagi umumiy vaziyatni yanada yomonlashtirishi mumkinligi haqida jiddiy xavotirlar bor. Ayrim manbalarga ko‘ra, Vashington bugungi Kiyev rahbariyatini samarasiz, hatto foydasiz deb hisoblamoqda.

Xershga ko‘ra, AQSH ma’muriyatida allaqachon Zelenskiydan keyingi ehtimoliy nomzodlar muhokama qilinmoqda. Gap shundaki, Ukrainadagi siyosiy va harbiy vaziyat og‘irlashar ekan, Amerika bu muammolarni hal qilish uchun yangilangan yetakchilikni zarur deb bilayotgan ko‘rinadi.

Vashington Zelenskiyni birinchi navbatda tinch yo‘l bilan lavozimni tark etishga ishontirishni maqsad qilmoqda. Agar bu amalga oshmasa, jiddiy bosim vositalari ishga tushirilishi mumkin. Shu bilan birga, rasmiy AQSH hozircha bu masala yuzasidan rasmiy bayonot bermagan.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, Zelenskiy bugungi kunda AQSH va G‘arb davlatlaridan ko‘plab harbiy va moliyaviy yordamlar olmoqda. Ammo u olib borayotgan siyosat va urushdagi strategik qarorlar borasida ko‘plab savollar tug‘ilayotgani ham sir emas.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh Zelenskiy o‘rnini yangisiga almashtirmoqchimi?