
Bu haqda “Al-Jazira” telekanali xabar bermoqda. Soxta tashkilot ikki qavatli binoda joylashgan bo‘lib, binoning tashqi tomoniga AQSh bayrog‘i, ichida prezident Barak Obamaning portreti o‘rnatilgan bo‘lgan.
Mahalliy hukumat xabariga ko‘ra, elchixona mahalliy va turk jinoiy guruhlari tomonidan boshqarilgan. Elchixona xodimlari qiyofasini ingliz va flamand tilini biladigan Turkiya fuqarolari yaratgan.
Soxta elchixona soxta hujjatlarni rasmiylashtirish, jumladan AQShga viza, shaxsini tasdiqlovchi hujjat va tug‘ilganlik haqida guvohnoma tayyorlash bilan shug‘ullangan. Har bir hujjat uchun 6000 AQSh dollari haq to‘langan. Tintuv jarayonida huquq tartibot organlari Hindiston, JAR va Shengen hududiga oid soxta vizalarni topgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar