
IT-industriyada sensatsion voqea: Astronomer kompaniyasi bosh direktori Endi Bayron Boston shahridagi Coldplay konsertida kutilmagan holatga tushdi va ijtimoiy tarmoqlarning “yangi qahramoni”ga aylandi, deb xabar berdi hesun.co.uk. 17 iyul kuni bo‘lib o‘tgan konsertdagi an’anaviy “O‘pich kamerasi” shou paytida Bayron va uning hamkasbi Kristin Kebbot ko‘p minglik tomoshabinlar va millionlab internet foydalanuvchilari e’tiboriga tushdi.
Tadbirning tanaffus qismida “O‘pich kamerasi” televizion obyektivi to‘g‘ridan to‘g‘ri Endi Bayron va uni quchoqlab turgan Kebbotga qaratildi. Kutilmagan vaziyatda Bayron darhol chetga og‘di, ayol esa yuzini yashirdi. Coldplay frontmeni bu lahzani sho‘xlik bilan sharhlab, “yo ishqiy munosabat bor, yo uyatchanlik darajasi yuqori”, dedi. Video tez orada internetda virusga aylandi, OAV va blogerlar voqea ishtirokchilarini tanib oldi.
Aniqlanishicha, Bayronning turmush qurgani ma’lum, Kebbot haqida esa bunday ma’lumotlar ochiq emas. Shov-shuvlar ortidan kompaniya direktorlar kengashi ichki xizmat tekshiruvi boshlanganini ma’lum qildi va Endi Bayronni rasman ta’tilga chiqardi. Vaqtincha bosh direktor lavozimini kompaniyaning hammuassisi Pit Dejey egalladi.
Astronomer rasmiy bayonotida “biz faqat texnologik natijalarga emas, balki korporativ madaniyat va odob-axloq qoidalariga ham ustuvor ahamiyat beramiz. Rahbarlar hammaga namuna bo‘lishi kerak”, deyiladi.
Bu voqea IT dunyosida yetakchi lavozimdagi shaxslarning shaxsiy hayoti va omma oldidagi xulqi qanday ta’sirga ega ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. Bayron va Kebbot hozirgacha izoh bermadi, muxlislar esa Astronomer rahbariyati qanday qaror qabul qilishini qiziqish bilan kutmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar