
Buyuk Britaniyadagi ayrim davlat maktablari 2025–2026 o‘quv yilidan boshlab qizlarga yubka kiyishni taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Yangi tartibga ko‘ra, endi barcha o‘quvchilar uchun yagona forma – shim va formali ustki kiyim hisoblanadi. Bu yangilik ko‘plab ota-onalarning keskin e’tiroziga sabab bo‘ldi.
Vaziyatga ta’lim vazirligi ham munosabat bildirib, ushbu qarorning asosiy maqsadi ota-onalarning ortiqcha xarajatlarini kamaytirish ekanini ta’kidladi. Ularga ko‘ra, brend formalar o‘rniga oddiy va barcha uchun teng narxdagi liboslar tavsiya etilmoqda.
«Maktablar mustaqil ravishda qaror qabul qilish huquqiga ega. Biz ularga tavsiyalar beramiz, majburiy talablar emas. Shim kiyish qizlar uchun ham qulay va ularning faolligini cheklamaydi», — deyiladi rasmiy bayonotda.
Qiziq tomoni shundaki, bunday yangilik «gender tengligi»ni ta’minlash maqsadida joriy etilgani aytilmoqda. Ya’ni, yubkadan voz kechish orqali o‘quvchilar o‘rtasidagi farqni kamaytirish ko‘zda tutilgan.
Biroq ko‘plab ota-onalar bu qarorni noo‘rin, hatto huquqlar cheklanishi deb baholashmoqda. Ular maktab formasi qizlarning shaxsiy tanloviga aralashmasligi kerak, deb hisoblashadi.
Ayni paytda, ba’zi maktablar bu tartibni joriy qilishdan bosh tortgan. Demak, Buyuk Britaniya bo‘ylab ushbu masalaga yondashuv har xil bo‘lishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar