
Bishkek shahrida tungi vaqtda yuz bergan janjal katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Guvohlarning aytishicha, mojaro mast holatdagi erkak va bir guruh yoshlar o‘rtasida kelib chiqqan. Oqibatda erkak qo‘lidagi quroldan yigitlarga qarata o‘q uzgan.
Tezkor ravishda hodisa joyiga huquq-tartibot organlari xodimlari yetib borib, hujumchi qo‘lga olindi. Uning yonidan 500 dona turli kalibrdagi o‘q-dorilar va qurol aniqlandi. Maxsus ekspertiza tayinlandi va barcha o‘q-dorilar musodara qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, janjal shaxsiy kelishmovchilik tufayli yuzaga kelgan. Qo‘lga olingan erkak hozirda tergov izolyatoriga joylashtirilgan. Prokuratura ushbu shaxsga nisbatan “Bezoriilik” va “Qurolni noqonuniy saqlash” moddalari bo‘yicha jinoyat ishi ochgan.
Tergovchilar voqea sabablari va tafsilotlarini aniqlash, janjalda ishtirok etganlarning barchasini so‘roq qilish bilan shug‘ullanmoqda. Bunday holatlarda shahar huquq-tartibot idoralari jamoat xavfsizligini ta’minlash uchun nazoratni kuchaytirmoqda.
Voqea keng jamoatchilikda muhokama qilinmoqda. Mutaxassislar qurol muomalasi va ichki nazorat talablarini yana-da kuchaytirish zarurligini ta’kidlamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar