date

Air India samolyoti qo‘ngach yong‘inga uchradi

Air India samolyoti qo‘ngach yong‘inga uchradi
Gonkongdan Nyu-Dehliga amalga oshirilayotgan Air India aviaqatnovi xavfli vaziyat bilan yakunlandi. Airbus A321 samolyoti Hindiston poytaxtidagi Indira Gandi xalqaro aeroportiga muvaffaqiyatli qo‘nganidan so‘ng yong‘in yuz berdi.

Aviakompaniyaning rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, havo kemasi yerga qo‘nganidan keyin yo‘lovchilarni tushirish paytida samolyot tana qismining orqa qismida joylashgan yordamchi quvvat tizimida yong‘in kuzatilgan.

“Samolyotga oz miqdorda shikast yetgan, biroq barcha yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari xavfsiz tarzda tushirildi”, — deyiladi aviakompaniya bayonotida.

Hodisadan so‘ng Airbus A321 texnik ko‘rikka yuborilib, vaqtincha ekspluatatsiyadan chiqarildi. Xavfsizlik choralari to‘liq ko‘rilgan va holat yuzasidan surishtiruv boshlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Air India samolyoti qo‘ngach yong‘inga uchradi