
Amerika harbiy dengiz kuchlarining Guantanamoda (Kuba) joylashgan qomoqxonasi AQSh faoliyatidagi dog‘ hisoblanadi. Bu haqda AQSh prezidenti Barak Obama mamlakat harbiy havo kuchlarining Florida shtatida joylashgan Makdil bazasidagi chiqishida aytib o‘tgan.
Obamaning tan olishicha, “Guantanamoni yopishning allaqachon vaqti bo‘lgan”. Ammo bu ish hamon bajarilmagan. Obama bularning barchasiga AQSh Kongressini to‘la aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “AQSh Kubada 60ga yaqin mahbusni ushlab turish uchun millionlab dollar pulni havoga sovurmoqda”.
"Agar Kongress o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmasa, tarix unga o‘zining ayanchli bahosini qo‘yadi", - dedi Obama. Amerikalik etakchi “millatga dog‘ bo‘lib turgan bu holatni yo‘q etish uchun” barcha imkoniyatlardan foydalanishini va’da qilgan.
Ma’lumot uchun: Guantanamo qamoqxonasi 2002 yilda AQSh prezidentlaridan biri kichik Jorj Bush tomonidan tashkil etilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar