date

Germaniya jang maydonini sun'iy intellekt bilan o‘zgartirmoqda

Germaniya jang maydonini sun'iy intellekt bilan o‘zgartirmoqda
Germaniya Yevropada harbiy texnologiyalar sohasida yetakchilikni qo‘lga kiritishga qat’iy bel bog‘ladi. Mamlakat harbiy budjetini 2029-yilgacha 162 milliard yevroga yetkazishni rejalashtirmoqda. Buning asosiy yo‘nalishlari orasida sun’iy intellekt, avtonom robotlar, jangovar dronlar va innovatsion kuzatuv texnologiyalari bor.

Eng e’tiborni tortgan startaplarddan biri bu — Helsing. U jangovar dronlar va sun’iy intellekt yechimlarini ishlab chiqadi. Yaqinda 12 milliard dollarlik qiymatga baholandi. Gundbert Sherfga ko‘ra, “Yevropa ilk bor AQShdan ko‘ra ko‘proq harbiy texnologiyalarga sarmoya kiritmoqda.”

Shuningdek, Germaniyada ishlab chiqilayotgan ayrim innovatsion texnologiyalar orasida Swarm Biotactics startapi tomonidan ishlab chiqilgan “josus qaldirg‘ochlar” alohida e’tibor qozonmoqda. Bu jonli hasharotlar sun’iy stimulyatsiya orqali boshqariladi va real vaqt rejimida razvedka ma’lumotlarini yig‘ish imkonini beradi.

Yangi qonun va harbiy texnologiyalarni tezkor joriy etish
Germaniya hukumati startaplar uchun yangi mudofaa tenderlariga kirishni osonlashtiruvchi qonun loyihasini tayyorlamoqda. Bu qonun kichik kompaniyalarga oldindan to‘lov asosida harbiy buyurtmalarda ishtirok etish imkonini beradi. Bundan tashqari, faqat Yevropa Ittifoqi hududidagi ishlab chiqaruvchilar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Mamlakatning ARX Robotics, Quantum Systems, va Donaustahl kabi startaplari ham sun’iy intellektli robotlar, dronlar va yangi turdagi qurollarni ishlab chiqishga jalb etilgan.

Germaniyaning strategik burilishi
AQShning NATOdagi roli noaniqlashgan sari, Germaniya o‘z harbiy salohiyatini oshirishga va Yevropa mudofaa sanoatini mahalliylashtirishga intilmoqda. So‘nggi ikki yilda Germaniya iqtisodiyoti sekinlashgan bo‘lsa-da, harbiy texnologiyalar sohasidagi sarmoyalar uni yangidan harakatlantiruvchi omil bo‘lishi mumkin.

2024-yilda Yevropa bo‘yicha mudofaa startaplariga yo‘naltirilgan venchur kapital sarmoyalari 1 milliard dollarga yetgan, Germaniya esa bu sohada eng faol investorlar safida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya jang maydonini sun'iy intellekt bilan o‘zgartirmoqda