date

Bo‘ronli ko‘lda og‘ir yo‘qotish: 8 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Bo‘ronli ko‘lda og‘ir yo‘qotish: 8 kishi hayotdan ko‘z yumdi
AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan mashhur Tahoe ko‘lida o‘tgan oy ro‘y bergan kemaning ag‘darilishi oqibatida halok bo‘lgan 8 kishidan hech biri hayotiy jilet (qutqaruv jileti) kiymagan. Bu haqda AQSh Milliy Transport Xavfsizligi Kengashi (NTSB) dastlabki tergov xulosasida ma’lum qildi.

Halokat 21-iyun kuni kuchli va kutilmagan bo‘ron vaqtida sodir bo‘lgan. Voqea vaqtida 28 futli (8,5 metr) Chris-Craft markali oltin rangli kema 10 futli (3 metr) to‘lqinlar ostida qolib, ag‘darilib ketgan. Kema bortida bo‘lgan 10 kishidan 8 nafari halok bo‘lgan. Ular orasida tug‘ilgan kunini nishonlayotgan to‘rt kishilik bir oilaning a’zolari ham bor edi.

Ob-havo kutilmaganda keskin o‘zgargan
NTSB hisobotiga ko‘ra, guruh tahminan soat 12:00 da ko‘ldan suzib chiqib ketganida ob-havo asosan tinch edi. Ammo ikki soat ichida shamol kuchayib, to‘lqinlar paydo bo‘ldi. Soat 14:30 atrofida kema qaytib kelayotganida do‘l yog‘a boshlagan va kema kuchli to‘lqinlarga yon tomoni bilan duch kelgan.“Kema ichiga suv kira boshlagan va yo‘lovchilardan ba’zilari suvni tashqariga chiqarishga harakat qilishgan. Ammo katta bir to‘lqin kemani to‘lig‘icha ag‘darib yuborgan,” deyiladi rasmiy hisobotda.

Faqat ikkita odam tirik qolgan
Kema ag‘darilganidan so‘ng, ikki kishi darhol qutqarilgan. Ulardan biri hayotiy jilet kiygan bo‘lgan, ikkinchisi esa unga yopishib olgan holda omon qolgan. Halok bo‘lganlarning hech biri hayotiy jiletda bo‘lmagan.

Qirg‘oqdagi sayyohlar kema ag‘darilganini ko‘rib, zudlik bilan politsiyaga xabar bergan. Kemaning o‘zidan esa hech qanday favqulodda signal yuborilmagan.

Tahoe ko‘lida halokatlar kam uchraydi, lekin xavf har doim mavjud
Janubiy Tahoe politsiyasi leytenanti Skott Krivelli so‘zlariga ko‘ra, har yili Tahoe ko‘lida cho‘kish va boshqa baxtsiz hodisalar sodir bo‘ladi, biroq bunchalik ko‘p qurbonlar bilan bog‘liq kemaga oid fojialar kamdan-kam uchraydi. Odatda har yozda ko‘lda o‘rtacha 6 kishi halok bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bo‘ronli ko‘lda og‘ir yo‘qotish: 8 kishi hayotdan ko‘z yumdi