date

Bir yoshli bola ilonni tishlab o‘ldirdi

Bir yoshli bola ilonni tishlab o‘ldirdi

Hindistonda sodir bo‘lgan voqea dunyo jamoatchiligini hayratda qoldirdi: bir yoshli bola zaharli kobrani tishlab o‘ldirdi. Bu holat Chxattisgarh shtatidagi qishloqlardan birida yuz bergan. Bolajon uyi hovlisida o‘ynab yurgan paytda ilon qo‘liga o‘ralib olgan va chaqqan.

Ilon chaqishiga javoban bola qo‘rqish o‘rniga uning tanasini ikki marta qattiq tishlagan. Ko‘p o‘tmay kobra o‘lgan. Bolaning ota-onasi darhol uni shifoxonaga olib borishgan. Tez tibbiy yordam natijasida bola hayotini saqlab qolgan. Shifokorlar zahar tanasida tarqalmaganini aytmoqda.

Mahalliy tibbiyot xodimlarining so‘zlariga qaraganda, bolaga ilon chaqishi yengil ta’sir qilgan, chunki chaqish yuzaki bo‘lgan. Tezkor tibbiy yordam esa uning hayotini saqlab qolishga yordam bergan. Voqea ortidan bolaning jasurligi va tabiiy reflekslari ko‘pchilikni lol qoldirdi.

Mahalliy OAV va ijtimoiy tarmoqlarda bola haqida "qahramon chaqaloq" deb yozilmoqda. Bu holat aholi orasida ehtiyotkorlikni oshirish zarurligini yana bir bor eslatdi. Hindistonda har yili minglab odamlar ilon chaqishi oqibatida jabrlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bir yoshli bola ilonni tishlab o‘ldirdi