date

Bolalar bog‘chasida jinoyat fosh bo‘ldi

Bolalar bog‘chasida jinoyat fosh bo‘ldi
Avstraliyada bolalar bog‘chasida ishlagan 26 yoshli David James ismli shaxsga bolalarga nisbatan zo‘ravonlik qilgan va buni videoga olganlik ayblovi qo‘yildi. Politsiya tergoviga ko‘ra, u 2021-yildan 2024-yilgacha Sidney shahrida joylashgan oltita bolalarni maktabdan keyin parvarishlash markazida faoliyat yuritgan va shu vaqt oralig‘ida 5–6 yoshdagi 10 nafar bola bilan bog‘liq zo‘ravonlik holatlarini sodir etgan bo‘lishi mumkin.

Avstraliya Federal Politsiyasi (AFP) ma'lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchi jami qariyb 60 ga yaqin bolalar muassasasida ishlagan. U 2023-yilning oktyabr oyidan buyon qamoqda, ammo tergov jarayonida jabrlanganlar aniqlanmaguncha uning ismi sir saqlangan.

Mazkur jinoyat holati Avstraliyada bolalarni parvarishlash tizimidagi xavfsizlik choralari bo‘yicha jiddiy savollarni yuzaga chiqardi. Oxirgi yillarda bir necha yuqori darajadagi jinsiy va jismoniy zo‘ravonlik holatlari mamlakatda bolalar xavfsizligi siyosatini qayta ko‘rib chiqishga undamoqda.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchiga oid bolalarga zo‘ravonlik aks etgan materiallar internetning "dark web" deb ataladigan yashirin qismida aniqlangan. Shu asnoda tergovchilar David James shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lishgan.

Hozircha ayblovlar faqat oltita markazdagi holatlarga bog‘langan, boshqa joylarda jinoyat sodir etilganiga oid dalillar aniqlanmagan. Politsiya jabrlanuvchilarning oilalariga shaxsan murojaat qilgan va boshqa ota-onalarga “agar siz bilan bog‘lanilmagan bo‘lsa, demak tergov sizning oilangiz bilan bog‘liq hech qanday dalil topmagan” deb xotirjamlik bildirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bolalar bog‘chasida jinoyat fosh bo‘ldi