Qozog‘iston Kaspiy dengizi suv sathining tarixiy darajada pasayishi fonida Rossiyaga yangi mintaqaviy tashabbus bilan chiqdi. Bu haqda mamlakat vitse-premeri Bolat Bekniyaz ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Qozog‘iston tomoni Volga daryosini birgalikda boshqarish bo‘yicha maxsus ishchi guruh tuzishni taklif qilmoqda.
Ma’lumki, Kaspiy dengizi suvining taxminan 80 foizi aynan Volga orqali kirib keladi. Ammo Volga rasman transchegaraviy daryolar ro‘yxatiga kiritilmagani sababli, u bo‘yicha Rossiya va boshqa mamlakatlar o‘rtasida hech qanday rasmiy kelishuv mavjud emas.
Ekspertlar ta’kidlashicha, agar suv sathi pasayishi davom etsa, bu nafaqat Qozog‘iston va Rossiya, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun suv xavfsizligiga jiddiy tahdid solishi mumkin. Xususan, Qozog‘istonning Atirau va Mangistau viloyatlari, Turkmanistonning Kaspiy sohilidagi infratuzilmalari va O‘zbekistonning Amudaryo orqali kosviy manfaatlari xavf ostida qolishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Volga daryosi Rossiyaning Astraxan shahri yaqinida Kaspiy dengiziga quyiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!