date

Chamadon ichidan ikki yoshli qiz topildi

Chamadon ichidan ikki yoshli qiz topildi
Yangi Zelandiyaning shimolidagi Kayioka shahrida avtobusda sayohat qilayotgan ayol chamadoni ichidan ikki yoshli qizaloq topilgach hibsga olindi. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, hodisa yakshanba kuni avtobus bekatida yuz bergan.

Avtobus yo‘lovchilaridan biri yukxona bo‘limiga kirishga ruxsat so‘ragach, haydovchi chamadonlardan biri harakatlanayotganini payqagan. U chamadonni ochganida ichidan ikki yoshli qizaloqni topgan. Politsiya bayonotida aytilishicha, qizchaning tana harorati yuqori bo‘lgan, biroq u jismonan zararlanmagan.

27 yoshli ayol hibsga olinib, voyaga yetmagan bolaga nisbatan beparvolik yoki qiynash aybi bilan sudga tortilmoqda. Qizaloq tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun kasalxonaga yuborilgan.

Ayni paytda ayol bilan bola o‘rtasidagi qarindoshlik darajasi oshkor etilmadi.

Yangi Zelandiya politsiyasi ushbu holatda ogohlik ko‘rsatgan avtobus haydovchisini alohida e’tirof etib, uning tezkor harakati og‘ir oqibatlarning oldini olganini ta’kidladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chamadon ichidan ikki yoshli qiz topildi