Avstraliya hafta oxirida tabiatning go‘zal va ayni paytda xavfli sinoviga duch keldi, deb xabar berdi sky.com. Yangi Janubiy Uels shtatida shanba kuni yoqqan qor qalinligi 40 santimetrgacha yetib, so‘nggi qirq yilda birinchi marta bunday rekord qayd etildi. Mamlakatning turli hududlarida ham ana shunday ob-havo sharoiti kuzatildi.
Avstraliya meteorologiya idorasi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatdagi ko‘plab shaharlar oxirgi o‘n yillikda bunday qorli manzarani ko‘rmagan edi. Ayniqsa, Kvinslendning ayrim hududlarida o‘n yilda ilk bor qor yog‘di va bu aholi uchun ham hayajonli, ham esda qolarli voqeaga aylandi.
BBC telekanali esa Avstraliyaliklarning qorbo‘ron o‘ynab, qorbobo yasagan videolarini tarqatdi. Mazkur lavhalarda bir erkak jurnalistga umrida birinchi marta qorni ko‘rayotganini to‘lqinlanib so‘zlagani ham aks etgan.
Biroq yoqqan qor faqat zavq va quvonch olib kelmadi. Yangi Janubiy Uelsda dam olish kunlari kuchli qor va yomg‘ir oqibatida 1 455 ta favqulodda holat qayd etildi. Hukumat axborotiga ko‘ra, 100 dan ortiq avtomobil qor uyumida to‘xtab qolgan, ba’zi binolarga va uylarga turli zarar yetgan. Shuningdek, ayrim manzillarda elektr ta’minoti uzilgan, ba’zi hududlarda esa suv toshqinlari ro‘y bergan.
Politsiya ma’lumoticha, suv oqizib ketgan 26 yoshli ayolni qidirish ishlari davom etmoqda.
Yangi Janubiy Uels — Avstraliya aholisi eng ko‘p to‘plangan shtatlardan biri bo‘lib, Sidney ham shu yerda joylashgan. Mamlakatdagi global iqlim o‘zgarishi so‘nggi yillarda ob-havoni tez-tez noaniqlashtirib yubormoqda. Shu bilan birga, Avstraliyada avval ham qalin qor yog‘ishi qayd etilgan, ammo bu safargi tabiiy holat aholi va rasmiylar uchun o‘ziga xos sinovga aylandi.
Aholi uchun bu dam olish – bir tomondan zavqli qorbo‘ron, ikkinchi tomondan esa xavf va tashvish uyg‘otdi. Avstraliya tabiati yana bir bor kutilmagan “syurpriz” bilan barchaning esida qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar