
Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida (Kuban) sodir bo‘lgan voqea politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilik va omadga bo‘lgan ortiqcha ishonch o‘rtasidagi xatarli chegarani ko‘rsatmoqda.
Umid va havolanish ba’zan odamni jinoyat sari yetaklaydi. Krasnodarda 53 yoshli kiosk sotuvchisi ish joyidan 1000 dan ortiq lotereya biletini o‘g‘irladi — umumiy qiymati 200 ming rubl (taqriban 26 million so‘m). Bu haqda hududiy Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi, deb yozmoqda Pravilamag.
Lotereya kioski egasining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi kunlardagi g‘alati savdo o‘sishidan so‘ng sotuvchi to‘satdan ishga chiqmay qolgan. Shundan keyin u politsiyaga murojaat qilgan.
Tez orada huquq-tartibot organlari tomonidan ushlangan sotuvchi so‘roq paytida aybini tan oldi. «53 yoshli erkak bir necha kun davomida ish vaqtida lotereya biletlariga pul to‘lamay olib, ulardagi himoya qatlamini tirnagan, ammo hech qanday yutuqqa erishmagan», — deyiladi politsiya axborotida.
Hozirda mazkur holat yuzasidan firibgarlik moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Agar uning aybi isbotlansa, u ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!