Yaponiya huquqni muhofaza qiluvchi organlar mamlakat bo‘ylab taxminan 16 ming dona o‘yinchoq pistoletni bozordan qaytarishga qaror qildi. Sababi — bu pistoletlar, aslida, haqiqiy o‘q-dorilarni ota oladigan qurolga aylanishi mumkin. Bu haqda Pravilamag ma’lum qildi.
Real Gimmick nomi bilan sotilgan mini-revolverlar, aslida, 12 yoshdan katta bolalar uchun mo‘ljallangan edi va mamlakatdagi turli o‘yin avtomatlarida sovg‘a sifatida tarqatilgan. Bir qarashda bezarar bo‘lib ko‘ringan bu o‘yinchoqlar Xitoydan import qilingan va ular bilan plastik o‘qlar ham birga berilar edi.
Biroq ekspertizalar shuni ko‘rsatdiki, ushbu qurollar ayrim texnik o‘zgartirishlar orqali buyuk xavf tug‘diruvchi haqiqiy qurolga aylanishi mumkin. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar pistoletni boshqarish xavfli ekani, u tasodifan portlashi yoki noto‘g‘ri yo‘nalishda o‘q otishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Bu qurollarga egalik qilish Yaponiya qonunchiligida qat’iy tartibga solingan va tegishli litsenziyasiz bunday qurolni saqlash jinoiy javobgarlikka olib keladi.
Hozirda politsiya barcha xaridorlar va foydalanuvchilarni bu qurollarni topshirishga chaqirar ekan, jamiyat xavfsizligi hamda bolalarning hayotini muhofaza qilish maqsadida tezkor choralar ko‘rilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!