date

Stiv Jobsning qizi turmushga chiqdi – marosim haqida barchasi

Stiv Jobsning qizi turmushga chiqdi – marosim haqida barchasi

Iyul oyining oxirida Apple asoschilaridan biri, marhum Stiv Jobsning kichik qizi Yeva Jobs turmush qurdi. Uning tanlovi britanlik olimpiada chempioni Garri Charlz bo‘ldi. Bu haqda Peopletalk ma’lum qildi.

Yosh juftlik to‘ydagi rasmlarini e’lon qilgan bo‘lib, ularda Yeva va Garri klassik nikoh liboslarida kameraga tabassum bilan qarab turishgan. Rasm ostida Yeva Jobs shunday deb yozdi:

«Biz turmush qurdik! Bu hayotimdagi eng sehrli hafta bo‘ldi. Menga yordam bergan barchaga minnatdorlik bildiraman. Sevaman!»

Yeva Jobs va Garri Charlz o‘rtasidagi munosabatlar 2022 yilda boshlangan. Ular o‘z munosabatlarini rasman 2024 yil yoz oylarida oshkor qilishgan. Yeva o‘shanda Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida g‘alaba qozongan turmush o‘rtog‘ini ijtimoiy tarmoqlarda samimiy tabriklagan edi.

To‘y marosimi Buyuk Britaniyaning Kotsuolds mintaqasida joylashgan tarixiy Greyt-Tyu qishlog‘ida o‘tkazildi. Nikoh tantanasi Estel mulkida bo‘lib o‘tdi – bu yer bir necha kun davomida yuqori darajadagi tantanalarga guvoh bo‘ldi.

Asosiy marosim XII asrda qurilgan va hududdagi eng chiroyli ibodatxonalardan biri hisoblangan «Sent Maykl va Barcha Farishtalar» cherkovida o‘tkazildi. Marosim nafaqat yaqinlari, balki xalqaro ommaviy axborot vositalari diqqat markaziga ham bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Yeva Jobs nafaqat Stiv Jobsning merosxo‘ri sifatida, balki mustaqil shaxs sifatida ham e’tibor qozongan. U moda, tadbirkorlik va jamiyat faoliyati bilan shug‘ullanib, ijtimoiy tarmoqlarda keng auditoriyaga ega bo‘lgan yoshlardan biridir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Stiv Jobsning qizi turmushga chiqdi – marosim haqida barchasi