Keniyaning janubi-sharqida juma kuni kechqurun yirik yo‘l-transport halokati sodir bo‘ldi, deb Euronews xabar berdi. Hodisa natijasida kamida 21 kishi vafot etgan. Avtobus motam marosimidan qaytayotgan yo‘lovchilarni olib ketayotgan paytda halokatga uchragan.
Yo‘lning aylanma qismiga yuqori tezlikda yaqinlashgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan. Avtobus ariqqa tushib ketgan va ag‘darilib qolgan.
Keniya va butun Sharqiy Afrikada YTHlar tez-tez sodir bo‘ladi. Yo‘llar ko‘p hollarda tor va nosoz, asfaltda chuqurlar ko‘p. Politsiya haydovchilarni tezlikni oshirishda ayblamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar