date

Tramp Vashingtondagi uysizlar va jinoyatchilarga qarshi qat’iy choralar va’da qildi

Tramp Vashingtondagi uysizlar va jinoyatchilarga qarshi qat’iy choralar va’da qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp poytaxt Vashingtonda xavfsizlikni kuchaytirish va shahar qiyofasini tubdan o‘zgartirish niyatida ekanini ma’lum qildi. Uning aytishicha, uysiz shaxslar shoshilinch ravishda poytaxt hududidan chiqariladi va ular uchun shahardan ancha uzoqda joylashgan maxsus turar-joylar ajratiladi.

“Men poytaxtimizni tarixdagi eng xavfsiz va eng go‘zal shaharga aylantirmoqchiman. Uysizlar darhol bu yerdan chiqib ketishi shart. Biz sizlarga poytaxtdan ancha uzoqda yashashingiz uchun qulay joy beramiz. Jinoyatchilar ketmasa ham bo‘ladi – ularning barchasini qamoqxonalarga jo‘natamiz. Bu jarayon juda tez amalga oshiriladi”, — deya yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Shu bilan birga, u payshanba kuni qilgan chiqishida Vashingtondagi jinoyatchilik darajasining o‘sishi oqibatida shaharga milliy gvardiya qo‘shinlari kiritilishi mumkinligini ham ta’kidladi.

CNN telekanali xabariga ko‘ra, AQSHning immigratsiya va bojxona politsiyasi federal agentlari, Federal qidiruv byurosi (FQB), milliy gvardiya hamda ichki xavfsizlik vazirligi poytaxtda qo‘shinlarni joylashtirish bo‘yicha oldindan tayyorgarlik ko‘rish haqida topshiriq olgan.

Bu harakatlar Vashingtonda jamoat tartibini tiklash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash va shahar infratuzilmasini yaxshilash yo‘lidagi yana bir katta qadam sifatida baholanmoqda. Ammo bu qaror ayni paytda turli muhokama va bahslarga ham sabab bo‘lmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Vashingtondagi uysizlar va jinoyatchilarga qarshi qat’iy choralar va’da qildi