date

Rossiyada yuqori daromadli aholi uchun «oddiy hayot» qiymati – oyiga 250 ming rubl

Rossiyada yuqori daromadli aholi uchun «oddiy hayot» qiymati – oyiga 250 ming rubl

Rossiyada yuqori daromadga ega aholi qatlami o‘tkazilgan so‘rov natijasiga ko‘ra, bir kishi «oddiy hayot» kechirishi uchun kamida 250 ming rubl (taqriban 32 ming dollar so‘m ekvivalentida) daromadga ega bo‘lishi kerak. Bu haqda NIU VSHEning «Yuqori daromadli rossiyaliklar: maqom iste’moli va iste’mol afzalliklari» tadqiqotiga tayangan holda Pravilamag xabar berdi.

Tadqiqot doirasida mamlakat aholisining eng yuqori daromadga ega 10% qatlami vakillari so‘raldi. Qizig‘i shundaki, ularning 75%i o‘z moliyaviy holatini «o‘rtacha» deb baholagan.

Boylik chegarasi — so‘rovda qatnashganlar fikricha, bir kishi uchun oylik 500 ming rubl va undan yuqori daromad haqiqiy boylik belgisi hisoblanadi.

Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda Rossiyada 1 mln rubl va undan yuqori oylik oluvchilar soni 45 ming kishidan oshib, so‘nggi ikki yilda ikki baravarga ko‘paygan. 2023 yilda bundaylar soni 24 400 kishi edi.

Bu raqamlar Rossiyada daromadlar tabaqalanishi katta ekanini, shuningdek, yuqori daromadli qatlamning hayot me’yori tushunchasi o‘rtacha aholinikidan keskin farq qilishini ko‘rsatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada yuqori daromadli aholi uchun «oddiy hayot» qiymati – oyiga 250 ming rubl