
Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yolning rafiqasi Kim Gon Xi aksiyalar narxini manipulyatsiya qilish va pora olish ayblovlari bilan hibsga olindi. U sudda barcha ayblovlarni rad etdi, biroq sud dalillarni yo‘q qilish xavfi borligini aytib, uni qamoqda saqlashga qaror qildi.
Bu Janubiy Koreya tarixida ilk bor sobiq prezident va sobiq birinchi xonim bir vaqtning o‘zida qamoqda bo‘lishi holatidir. Yun Sok Yol o‘tgan yili mamlakatda harbiy holat e’lon qilishga uringani uchun yanvarda hibsga olingan edi.
Prokurorlarning aytishicha, 52 yoshli Kim Gon Xi BMW avtomobillari sotuvchi Deutsch Motors aksiyalari narxini sun’iy oshirish orqali 800 million von (taxminan 578 ming dollar) daromad olgan.
U, shuningdek, biznes imtiyozlari evaziga ikkita Chanel sumkasi va olmos taqinchoq olganlikda gumon qilinmoqda. Bundan tashqari, 2022-yilgi qo‘shimcha saylovlar va o‘tgan yilgi umumiy saylovlarda nomzodlar tanloviga aralashganlikda ham ayblanmoqda.
Yun Sok Yol prezidentlik davrida rafiqasiga qo‘yilgan ayblovlarni tergov qilishni ko‘zda tutgan uchta qonun loyihasini rad etgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar