date

Bavariyada temiryo‘l kabellari kesildi, diversiya ehtimoli bor

Bavariyada temiryo‘l kabellari kesildi, diversiya ehtimoli bor

Germaniyaning Bavariya viloyatida temiryo‘l infratuzilmasiga qarshi navbatdagi hujum sodir bo‘ldi. 12 avgust kuni tong soat 5:00 larda Koburg shahri yaqinidagi Rodental yo‘nalishida strelka va signal tizimlarida qo‘llaniladigan bir necha kabellar noma’lum shaxslar tomonidan kesib tashlangan.

Kabellar tezkor ravishda ta’mirlandi, ammo politsiya bu holatni diversiya ehtimoli sifatida tekshirmoqda. Zarar hozirda taxminan 20 ming yevro deb baholanmoqda.

Bu iyuldan beri Germaniya temiryo‘l tarmog‘ida qayd etilgan to‘rtinchi shunday hodisa hisoblanadi. Ilgari Dyusseldorf va Saksoniya-Anhaltda temiryo‘l obyektlariga o‘t qo‘yilgan edi. Ushbu hujumlar uchun “Kommando Angry Birds” nomli chap radikal guruh o‘zini javobgar deb e’lon qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bavariyada temiryo‘l kabellari kesildi, diversiya ehtimoli bor