date

Bashoratli tush erkakka 100 million rubl olib keldi

Bashoratli tush erkakka 100 million rubl olib keldi

Chelyabinsk viloyatida yashovchi zavod ishchisi 100 million rubl miqdoridagi yirik jekpotni qo‘lga kiritdi. Qiziq tomoni shundaki, katta yutuqdan bir kun avval uning rafiqasi tushida qizil o‘rgimchakni ko‘rganini aytgan, deb yozadi Peopletalk.

Roman ismli g‘olib odatda bir vaqtning o‘zida 50 ta lotereya chiptasini xarid qilgan. Ammo bu safar pochta bo‘limida chiptalar faqat 10 tadan sotilgan. Pochta xodimi unga 5 ta to‘plam olishni tavsiya qilgan va Roman rozi bo‘lgan.

Chiptalarni tekshirish vaqtida u yirik summani yutganini bilib qoldi. Ayolining tushi rost bo‘lganiga ishonch hosil qilish uchun Roman natijani bir necha bor qayta tekshirgan va qur’a jarayonini teleefirda tomosha qilgan.

Hozirda oila yotoqxonada yashaydi, shuning uchun ular yutuq pullarini yangi xonadon xaridiga yo‘naltirishni rejalashtirmoqda. “To‘qqiz yil davomida haftada har kuni ishladim. Endi qo‘shimcha ishlarni tashlab, hordiq chiqarishga vaqt ajrataman. Avvalo, oilam bilan Rossiya bo‘ylab sayohat qilamiz”, — dedi Roman.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bashoratli tush erkakka 100 million rubl olib keldi