date

Peruning yana bir sobiq prezidenti qamoqqa olindi

Peruning yana bir sobiq prezidenti qamoqqa olindi

Peru sudi mamlakatning sobiq rahbari Martin Viskarrani pora olish ayblovi bilan 5 oyga hibsga olishga qaror qildi. Bu haqda Al Jazeera axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sudya Xorxe Chaves 13 avgust kuni o‘tgan sud majlisida Viskarrani qochib ketish ehtimoli yuqori ekanini ta’kidlab, qamoqqa olish haqida hukm chiqargan. Aytilishicha, u 11 yil avval Mokuegua viloyati gubernatori lavozimida ishlaganida pora olganlikda gumon qilinmoqda.

Viskarra esa ayblovlarni inkor etgan holda, bu ishni siyosiy ta’qib sifatida baholamoqda. U 2026 yilgi prezidentlik saylovlarida yana nomzodini qo‘yishni rejalashtirayotgani ma’lum.

Aslida, sud iyun oyida uni hibsga olish bo‘yicha ilk so‘rovni rad etgandi. Biroq prokuratura apellyatsiya berib, qochib ketish xavfini asos qilib keltirgan.

Shu tariqa, korrupsiya va siyosiy inqirozlardan bezovta bo‘lib turgan Peruda Viskarra oxirgi yillarda qamoqqa tushgan beshinchi sobiq prezidentga aylandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Peruning yana bir sobiq prezidenti qamoqqa olindi