date

Xitoy va Yaponiya o‘rtasida davolanmagan jarohat

Xitoy va Yaponiya o‘rtasida davolanmagan jarohat

1937-yil oxirida Yaponiya imperator armiyasi Nankin shahrini bosib olib, oltш hafta davomida 300 mingdan ortiq tinch aholi va Xitoy askarini o‘ldirdi. Bu voqea Xitoy-Yaponiya urushi tarixidagi eng qora sahifa sifatida eslanadi

Yaqinda yapon blogeri Xayato Kato Xitoyning “Nankin fotosaloni” filmini ko‘rgach, yapon jamoatchiligi bu voqeani ko‘proq bilishi kerakligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yaponiyada hanuzgacha bu qirg‘inni inkor etuvchi siyosatchilar va jamoat arboblari bor. Blogerning videosi millionlab ko‘rildi, ammo mavzu keng muhokama qilinmadi.

Nankin voqeasi Yaponiya bosqinining yagona dahshati emas. Koreya, Malayziya, Filippin va Indoneziyada ham minglab odamlar azob chekkan.

Xitoyda so‘nggi yillarda urush tarixiga oid xotira siyosati kuchaydi. Prezident Si Szinpin davrida harbiy paradlar, muzeylar va filmlar orqali Nankin qirg‘ini va boshqa bosqin voqealari keng yoritilmoqda. Yangi filmlar orasida Yaponiya armiyasining 731-qismi tomonidan inson ustida o‘tkazilgan tajribalar haqida hikoya qiluvchilari ham bor.

Tarixiy haqiqat bo‘yicha kelishmovchilik, yapon siyosatchilarining Yasukuni yodgorligiga tashriflari va rasmiy uzrlarning Xitoy tomonidan yetarli deb topilmasligi ikki davlat o‘rtasida ishonchni tiklashga to‘sqinlik qilmoqda. Mutaxassislar yarashish imkoniyati o‘tgan asrning 70-yillarida bo‘lganini, ammo bu mavzu ochilmagani sabab hozir ham keskinlik saqlanib qolayotganini aytadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy va Yaponiya o‘rtasida davolanmagan jarohat