date

G‘azo aholisi Afrikaga majburan ko‘chirilishi mumkin

G‘azo aholisi Afrikaga majburan ko‘chirilishi mumkin
Uch manbaga ko‘ra, Isroil va Janubiy Sudan G‘azo sektoridan falastinliklarni Janubiy Sudanga joylashtirish bo‘yicha gaplashmoqda. Hozircha kelishuv yo‘q, ammo muzokaralar davom etmoqda.

Rejaga ko‘ra, ikki yildan beri urushdan vayron bo‘lgan G‘azodan odamlar siyosiy va etnik mojarolar davom etayotgan Janubiy Sudanga ko‘chirilishi mumkin. Biroq bu g‘oya falastinliklar va ko‘plab davlatlar tomonidan rad etilmoqda.

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu G‘azoda harbiy nazoratni kuchaytirishni va falastinliklarning hududni ixtiyoriy tark etishini taklif qilgan. Falastin rahbarlari buni 1948-yildagi “Nakba” voqeasiga qiyoslab, qat’iyan rad etdi.

Janubiy Sudan Tashqi ishlar vazirligi avval bunday rejalar haqida xabarlarni “asossiz” deb atagan. Ammo manbalarga ko‘ra, bu masala o‘tgan oy Isroilda Janubiy Sudan tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuvda muhokama qilingan.

Isroil Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sharren Haskel esa bu haftada Juba shahridagi uchrashuvlarida bunday ko‘chirish masalasi tilga olinmaganini aytdi. Uchrashuvlar asosan tashqi siyosat, xalqaro tashkilotlar va Janubiy Sudandagi gumanitar inqiroz haqida bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » G‘azo aholisi Afrikaga majburan ko‘chirilishi mumkin