Alyaskadagi Bering bo‘g‘ozida joylashgan Diomede orollari AQSh va Rossiya bir-biriga qanchalik yaqinligini ko‘rsatadi. Bu ikki kichik orol — Kichik Diomede (AQSh hududi) va Katta Diomede (Rossiya hududi) orasida atigi 4 kilometr masofa bor. Ularni dengiz va xalqaro sana chizig‘i ajratib turadi. Shuning uchun orollardan biri “kecha”, ikkinchisi esa “ertaga” deb ataladi.
Kichik Diomededa 80 ga yaqin aholi yashaydi. Ular asosan baliq tutish, dengiz hayvonlari ovlash bilan shug‘ullanadi. Orolda do‘kon, maktab va bir nechta uy bor. Katta Diomede esa yashash uchun yopiq — u yerda faqat Rossiya chegara qo‘shinlari bor.
Avvallari bu ikki orol aholisi erkin qatnab, savdo qilgan, qarindosh-urug‘ bo‘lib yashagan. Ammo 1948-yilda Sovet Ittifoqi Katta Diomededagi aholini ko‘chirib, chegarani yopdi. Bu “Muz pardasi” deb atalgan to‘siq oilalarni ham ajratib qo‘ydi. Faqat 1988-yilda qisqa vaqtga aloqalar qayta tiklangan.
Bugungi kunda Rossiya va AQSh o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar tarang bo‘lsa ham, Diomede orollari hanuz ikki mamlakat o‘rtasidagi yaqin tarixiy va madaniy aloqalarning timsoli bo‘lib qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar