date

Plastik to‘lqini sayyorani yutib yubormoqda

Plastik to‘lqini sayyorani yutib yubormoqda

BMT tashabbusi bilan o‘tkazilgan plastik ifloslanishga qarshi global muzokaralar yana samarasiz tugadi. Uch yil davomida o‘tkazilgan uchrashuvlarda davlatlar muhim qarorlarga kela olmadi. Jenevada o‘tgan navbatdagi majlis ham kutilgan natijani bermadi.

Davlatlar ikki guruhga bo‘lingan. Yevropa Ittifoqi va 100 ga yaqin mamlakat plastik ishlab chiqarishni qisqartirish tarafdori. Neft qazib oluvchi davlatlar esa, masalani faqat qayta ishlash va chiqindilarni yig‘ish orqali hal qilish kerak, deb hisoblamoqda.

Olimlar fikricha, qayta ishlash yetarli emas, chunki hozir dunyoda plastikning atigi 10 foizi qayta ishlanmoqda. Ishlab chiqarish esa tobora ortib bormoqda: 1950-yilda 2 million tonna bo‘lgan hajm 2022-yilda 475 million tonnaga yetdi.

Yirik kompaniyalar ham bahsga qo‘shilmoqda. Nestle va Unilever singari ishlab chiqaruvchilar plastikni kamaytirish tarafini olib, yagona standartlar va maxsus to‘lovlar joriy qilishni taklif qilmoqda. Bu mablag‘ qayta ishlash loyihalariga yo‘naltirilishi mumkin.

Atrof-muhit faollari esa, neft ishlab chiqaruvchi davlatlarni foydani tabiatdan ustun qo‘yishda ayblamoqda. Greenpeace vakili bu jarayonni “sayyoramiz uchun ogohlantiruvchi signal” deb atadi. Muzokaralar keyinchalik davom ettirilishi rejalashtirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Plastik to‘lqini sayyorani yutib yubormoqda