Federal soliq xizmati futbolchi Dmitriy Tarasovning rafiqasi, model va blogger Anastasiya Kostenkoning bank hisoblarini blokladi. Bu haqda ma’lumot rasmiy portalda e’lon qilindi. Pravilamag xabariga ko‘ra, moliyaviy operatsiyalar to‘xtatilishiga sabablardan biri – soliqlar o‘z vaqtida to‘lanmaganidir.
Bahorda Kostenkoda 1,6 million rubl qarz borligi aniqlangandi. Model vaziyatni tushuntirib, bu tizimdagi xato tufayli yuzaga kelganini ta’kidlagan:
“Umuman mavjud bo‘lmagan mashina uchun jarima olganimda shubhalanishim kerak edi, chunki men hech qachon bunday transportga ega bo‘lmaganman. Endi esa masalani hal etamiz”, — dedi u.
Shunga qaramay, soliq xizmati saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda ham blogger zimmasida 259 ming rubldan ortiq qarzdorlik mavjud.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Dmitriy Tarasov ham sud ijrochilari ro‘yxatida bo‘lgan. Sababi — u Moskvadagi kvartirani sotishda rieltorlarga 205 ming rubl xizmat haqi to‘lamagan edi. Oxir-oqibat, futbolchi qarzni to‘lab, mojaroni ijobiy yakunlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!