Eng qizig‘i va e’tiborga molik jihati shundaki, olimlar zarrachani uning kvant holatini yo‘qotmasdan, butunlay buzilmasdan o‘tmish nuqtasiga qaytarishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu holat fan dunyosida haqiqiy inqilob sifatida baholanmoqda.
Qisqacha tushuntirib aytadigan bo‘lsak, Avstriya fanlar akademiyasida «kvant kaliti» nomini olgan maxsus protokol yaratildi. U fotonni bevosita kuzatish shartsiz, avvalgi nuqtasiga qaytarish imkonini beradi. Bu jarayon superpozitsiya holatini saqlab qoladi, ya’ni zarracha bir vaqtning o‘zida ham «0», ham «1» holatda bo‘lishi mumkin. Bu esa ilgari nazariy jihatdangina tasavvur qilingan holatning amaliy ko‘rinishidir.
Muhimi, ushbu protokol faqat orqaga emas, balki «oldga» ham ishlaydi. Ya’ni barcha ehtimoliy yo‘nalish va trayektoriyalarni yagona natijada birlashtirish orqali vaqtni tezlashtirish imkoni paydo bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, vaqt jarayonini nafaqat to‘xtatish, balki ilgari surish nazariy jihatdan mumkin bo‘lib qoldi.
Yana bir muhim jihat shundaki, ushbu usul faqat foton yoki kichik zarrachalarda emas, balki har qanday kvant obyektiga qo‘llanishi nazarda tutilmoqda. Demak, kelajakda u katta jismlarga ham tatbiq qilinishi mumkin. Tasavvur qiling: inson tanasi yoki turli asboblar bilan ham vaqtni orqaga qaytarish ehtimoli mavjud.
Olimlar ta’kidlashicha, asosiy natija shunda — bu yo‘nalishdagi ilmiy kashfiyot kvant kompyuterlari rivojlanishi uchun katta qadam hisoblanadi. Hatolarsiz ishlaydigan yangi avlod kvant kompyuterlari tibbiyot, fan va olam tadqiqotlarida kvant simulyatsiyalarni minglab marta tezroq amalga oshirish imkonini beradi. Masalan, dori-darmon ishlab chiqish yoki kosmos modellarini yaratish kabi jarayonlar keskin ravishda tezlashishi mumkin.
Albatta, odamlar o‘z hayotini vaqtda erkin boshqarishiga hali ancha yillar bor. Ammo olimlar ta’kidlaganidek, bizda endilikda vaqt yo‘nalishini o‘zgartirish imkonini beruvchi ilk ishlaydigan protokol mavjud. Bu esa insoniyat uchun tamoman yangi davr boshlanishi demakdir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar