date

Oq uyda unutilgan hujjatlar Putin sharafiga rejalashgan tushlik sirini ochdi

Oq uyda unutilgan hujjatlar Putin sharafiga rejalashgan tushlik sirini ochdi

15 avgust kuni Rossiya va AQSH prezidentlari uchrashuvidan keyin Vladimir Putin sharafiga maxsus tushlik marosimi tashkil etilishi kutilgan edi. Bu haqdagi ma’lumotlar Ankorij shahridagi mehmonxonalardan birida AQSH Davlat departamenti protokol xizmatiga tegishli hujjatlar qolib ketganidan keyin ma’lum bo‘ldi.

NPR radiosi qo‘lga kiritgan ushbu qog‘ozlarda protokol xizmat xodimlarining ismlari, telefon raqamlari, delegatsiyalarni joylashtirish tartibi va hatto rus ism-shariflarini qanday talaffuz qilish kerakligi haqida ko‘rsatmalar keltirilgan edi. Masalan, Putin — “POO-tihn”, Lavrov — “Laav-rof”, Ushakov — “Oo-sha-kov” kabi.

Qizig‘i, hujjatlar Ankorijdagi Captain Cook mehmonxonasida nomuayyan mijoz tomonidan topilib, NPR tahririyatiga taqdim etilgan. Ular prezidentlar kelishidan taxminan ikki soat oldin, mahalliy vaqt bilan soat 9:00 atrofida chop etilgan holda yotgani aniqlandi.

Qog‘ozlarda uchrashuvga tayyorgarlik jarayonining shoshma-shosharlik bilan amalga oshirilgani ham ko‘rinib turibdi. Avval “ikkiga ikki” formatidagi uchrashuv mo‘ljallangan bo‘lib, unda Putin va yordamchisi Yuriy Ushakov AQSH prezidenti Donald Tramp hamda uning vakili Stiv Uitkoff bilan suhbat qurishi belgilangan. Keyinroq format o‘zgarib, har ikki tomondan uch nafardan ishtirok etdi: Rossiya tarafidan Sergey Lavrov qo‘shilgan bo‘lsa, AQSH delegatsiyasiga davlat kotibi Marko Rubio kiritildi.

Protokolda uchrashuvdan so‘ng “Rossiya Federatsiyasi prezidenti janobi oliylari sharafiga” tushlik marosimi tashkil qilinishi ko‘zda tutilgan. Ziyofatda har tarafdan olti kishidan ishtirok etishi kerak bo‘lgan.

Menyu ham oddiy uslubda tanlangan: vinegretli yashil salat, rozmarin va limonli sariyog‘ bilan non, asosiy taom sifatida — qalampir sousi yoki paltus bilan file-minon, garnirda esa kartoshka pyuresi. Desert uchun muzqaymoq qo‘shilgan krem-bryule taklif qilingan. Shuningdek, Tramp Putinga AQSH ramzi — oq boshli burgut haykalchasini sovg‘a qilishi rejalashtirilgani qayd etilgan.

«Vladimir Putin janobi oliylari sharafiga tushlik». Foto: NPR
Biroq natijada bu marosim amalga oshmadi. Ammo ushbu ma’lumotlar G‘arbda katta bahslarga sabab bo‘ldi. Ayrim siyosatchilar va muxolifatchilar amerikalik askarlar Rossiya prezidenti uchun samolyot oldida gilam to‘shab turganini ramziy “hurmat” deb baholab, bu holatni og‘ir qabul qilishdi.

Tanqidchilarning fikricha, erkin dunyo yetakchisi sifatida ko‘rilgan AQSH prezidenti Xalqaro jinoiy sud tomonidan urush jinoyatlarida ayblanayotgan avtokratni faxriy mehmon sifatida qarshi olishi jiddiy ramziylikka ega.

Bundan tashqari, ushbu hujjatlarning ochiqqa chiqib qolishi Tramp ma’muriyatida axborot xavfsizligiga bo‘lgan e’tibor darajasini ham savol ostiga qo‘ydi. NPR eslatishicha, bu yil mart oyida AQSHning yuqori darajali rasmiylari Yamandagi harbiy rejalarni muhokama qilayotgan chatga jurnalist tasodifan qo‘shib yuborilgan holat ham qayd etilgandi.

Xulosa qilib aytganda, Ankorijdagi muzokaralar atrofidagi ushbu noodatiy holat faqatgina siyosiy emas, balki simvolik va axborot xavfsizligi nuqtayi nazaridan ham katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oq uyda unutilgan hujjatlar Putin sharafiga rejalashgan tushlik sirini ochdi