date

Nemis ayoli 15 sentlik suv uchun qamalishi mumkin

Nemis ayoli 15 sentlik suv uchun qamalishi mumkin

Germaniyada yomg‘ir suvini "o‘g‘irlagan" ayol katta jarima yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Shpaxingen shahrida istiqomat qiluvchi 51 yoshli ayol qo‘shnisining hovlisidagi bochkadan suv olib, o‘z suvqadahlarini to‘ldirgani uchun politsiya tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilishi aytilmoqda. Bu haqda Pravilamag nashri ma’lum qildi.

Politsiyaga ko‘ra, moddiy zarar katta emas, ammo boshqa birovning mulkidan ruxsatsiz foydalanish — o‘g‘irlik sifatida baholanadi. “Bir vaqtlar osmondan yog‘gan suv, bochkaga tushgach, endi uning egasiga tegishli bo‘ladi”, — deyiladi politsiya bayonotida.

Tergov ma’lumotlariga qaraganda, voqea soat to‘rtlarda sodir bo‘lgan. Ayol qo‘lida suv idishi bilan ikki marta ko‘chani kesib o‘tib, qo‘shnisining hovlisiga kirib, taxminan 40 litr suvni o‘zinikiga olib o‘tgan. Ikkinchi marta suv olish jarayonida esa ko‘chadan o‘tayotgan avtomobildan yashirinish maqsadida chiqindilar qutisi ortiga bekingani qayd etilgan.

Welt nashri yozishicha, yetkazilgan zarar 15 sentga baholangan. Biroq Germaniya qonunlariga ko‘ra, narxidan qat’i nazar, hatto arzimagan buyumni o‘g‘irlashda ham shaxs katta miqdorda jarimaga yoki besh yilgacha qamoqqa hukm qilinishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nemis ayoli 15 sentlik suv uchun qamalishi mumkin