AQSH prezidenti Donald Tramp urushlarni to‘xtatish va Ukrainadagi nizoga barham berish niyatida ekanini ma’lum qildi.
U bu haqda amerikalik jurnalist Mark Levin bilan suhbat chog‘ida so‘z ochdi.
«Men bu ishni qilishni yaxshi ko‘raman. Men uchun urushlarni to‘xtatish muhim», — dedi Tramp. Ukrainadagi vaziyatga to‘xtalar ekan, u qo‘shimcha qildi: «O‘rtamizda okean bor. Biz bu mojaroda unchalik faol ishtirok etishimiz shart emasdi. Agar urushga chek qo‘yish imkoni topilsa, bu juda katta yutuq bo‘ladi».
Shuningdek, Tramp Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi kelishmovchilikni bartaraf etgani hamda yana bir qator nizolarni hal qilgani uchun yanada nufuz qozonganini ta’kidladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar