date

Dunyodagi eng keksa ayol 116 yoshga to‘ldi va uzoq umr ko‘rish sirini ochdi

Dunyodagi eng keksa ayol 116 yoshga to‘ldi va uzoq umr ko‘rish sirini ochdi

Bugun, 21 avgust kuni, butun dunyo diqqatini tortadigan voqea yuz berdi: dunyodagi eng keksa inson o‘zining 116 yoshini nishonlamoqda. Bu haqda Ginnesning rekordlar kitobi va LongevityQuest tashkiloti rasmiy ravishda tasdiqladi.

Angliyaning Surray grafligida yashovchi Etel Katerxem 30 apreldan buyon dunyodagi eng keksa ayol hisoblanadi. Uning uzoq umri va faol hayoti ko‘plab odamlarga ilhom bermoqda.

Katerxem 1909 yilning 21 avgustida Xempshir grafligida tug‘ilgan. Sakkiz farzandli oilaning a’zosi bo‘lgan bu ayol hayoti davomida ko‘p qiyinchiliklarni ko‘rgan. Uning opasi Gledis Babilas ham uzoq umr ko‘rgan va 2002 yilda 104 yoshida vafot etgan.

Etel 1976 yilda turmush o‘rtog‘idan ayrilgan, shuningdek, ikki farzandi ham uzoq yashamagan. Shu bilan birga, Katerxem 2020 yilda – 110 yoshida COVID-19 bilan kasallangan va pandemiyaning og‘ir davrlaridan sog‘-salomat o‘tgan eng keksa insonlardan biri hisoblanadi. Bu uning sog‘lom hayot tarzi va ruhiy barqarorligidan dalolat beradi.

Etel Katerxem uzoq umr sirini so‘ralganda shunday javob bergan:
“Har bir imkoniyatga “ha” devasiz, chunki uning qayerga olib borishini hech qachon bilmaysiz. Ijobiy kayfiyatni saqlang va hayotda hamma narsadan me’yorni biling”.

Mutaxassislar fikricha, Katerxem kabi insonlar sog‘lom hayot tarzi, mu’tadil ovqatlanish va ruhiy barqarorlikning haqiqiy namunasidir. Uning hayoti nafaqat uzoqlik, balki ijobiy kayfiyat va har bir kuniga shukr qilish qanchalik muhim ekanini ko‘rsatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng keksa ayol 116 yoshga to‘ldi va uzoq umr ko‘rish sirini ochdi