date

AQSH plyajlarini egallab olgan xavfli go‘sht yeyuvchi bakteriya

AQSH plyajlarini egallab olgan xavfli go‘sht yeyuvchi bakteriya

AQSHning qirg‘oqbo‘yi shtatlarida xavfli Vibrio vulnificus bakteriyasi tarqalishi sezilarli darajada ko‘paymoqda. “The Daily Tribune” xabar qilishicha, bu bakteriya mamlakatning mashhur plyajlarini to‘liq egallab olgan va aholi uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda. AQSH kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC)ning ma’lumotlariga ko‘ra, Florida va Luiziana kabi 11 shtatda infeksiya keng tarqalgan, ularda 20 va 17 ta o‘lim holati qayd etilgan.

Mediada “go‘sht yeyuvchi” deb ta’riflangan Vibrio vulnificus iliq sho‘r suvda faoliyat ko‘rsatadi va asosan xom dengiz mahsulotlarini iste’mol qilish yoki ochiq yaralar orqali inson organizmiga kirishi mumkin. Har beshinchi zararlanish holati 48 soat ichida inson hayoti uchun tahdidli yakunlanishi mumkinligi qayd etilmoqda.

Mutaxassislar mazkur bakteriyaning tarqalishi global iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liqligini ta’kidlamoqda. Suv haroratining keskin ko‘tarilishi Vibrio vulnificus uchun qulay muhit yaratadi va uning tez ko‘payishiga olib keladi. Kasallikning dastlabki belgilari qusish, ich ketishi va terida qichishish yoki pufakchalar paydo bo‘lishi orqali namoyon bo‘ladi. Xavf guruhiga immuniteti zaif, yosh va qariyb yoki surunkali kasalliklarga chalingan insonlar kiradi.

CDC aholini quyidagi ehtiyotkorlik choralarini qo‘llashga chaqirmoqda: ochiq jarohatlar bilan dengiz suviga kirmaslik, dengiz mahsulotlarini yaxshilab pishirish va dengiz suvi bilan aloqadan so‘ng organizmda notanish belgilar paydo bo‘lsa, zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qilish.

Bu tarqalish AQSHda so‘nggi yillardagi ikkinchi yirik holat hisoblanadi. 2023 yilda ham Shimoliy Karolina va Texasda shunga o‘xshash bakteriya bilan zararlanish holatlari qayd etilgan edi. Muttaxassislar aholini hushyor va ehtiyotkor bo‘lishga, dengiz mahsulotlarini iste’mol qilishda saqqollikni oshirishga chaqirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH plyajlarini egallab olgan xavfli go‘sht yeyuvchi bakteriya