date

Shri-Lankada sensatsiya: sobiq prezident Vikremesinghe qo‘lga olindi

Shri-Lankada sensatsiya: sobiq prezident Vikremesinghe qo‘lga olindi

Shri-Lankaning siyosiy sahnasi yana yorqin voqeaga guvoh bo‘ldi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari mamlakatning sobiq prezidenti Ranil Vikremesingheni davlat mablag‘larini o‘z manfaati yo‘lida sarflaganlikda ayblab hibsga oldi. Bu haqda The Independent nashri ma’lumot tarqatdi.

Ayblov va sabablar

Ma’lumotlarga ko‘ra, 76 yoshli siyosatchi 2023 yilda rasmiy xizmat safari chog‘ida Buyuk Britaniyada shaxsiy maqsadlarda to‘xtagani uchun javobgarlikka tortilmoqda. U o‘shanda G77 sammitidan qaytish jarayonida Londonda qisqa muddat to‘xtab, turmush o‘rtog‘i bilan Vulverhempton universitetida o‘tkazilgan marosimda ishtirok etgan.

Ayni paytda Vikremesinghe barcha ayblovlarni qat’iyan rad etmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, safar davomidagi xarajatlarni turmush o‘rtog‘i qoplagan va davlat mablag‘lari sarflanmagan. Biroq Shri-Lanka jinoiy tergov departamenti prezident shaxsiy tashrifini, jumladan uning shaxsiy qo‘riqchilari uchun qilingan xarajatlarni ham davlat hisobidan qoplangan deb baholamoqda.

Siyosiy karyera va tarixiy o‘rni

Ranil Vikremesinghe 1977 yildan buyon mamlakat siyosiy hayotida faol ishtirok etib kelmoqda. U 28 yoshida parlamentga saylanib, keyinchalik olti marta bosh vazir lavozimini egallagan. 2022 yildagi ommaviy norozilik namoyishlari avjida u hukumat rahbari etib tayinlandi va oradan ko‘p o‘tmay Shri-Lanka prezidenti lavozimini ham o‘z qo‘liga oldi.

Uning rahbarligi davri mamlakat tarixidagi eng og‘ir iqtisodiy inqiroz bilan to‘g‘ri keldi. Vikremesinghe Xalqaro valyuta jamg‘armasidan moliyaviy yordam olishda muhim shaxs sifatida e’tirof etilgan. Shundan so‘ng u iqtisodiy barqarorlikka erishishda muayyan qadamlar tashlagani uchun ham katta e’tiborga sazovor bo‘lgan.

Birinchi marta qo‘lga olindi

Tarixiy jihatdan qaralganda, bu Shri-Lankaning sobiq prezidenti ilk bor hibsga olinayotgan holat hisoblanadi. Bu voqea mamlakat siyosiy kelajagi va huquq-tartibot tizimidagi jarayonlarga katta ta’sir ko‘rsatishi tabiiy.

Muttaxassislar fikricha, Vikremesinghega qo‘yilgan ayblovlar keyingi siyosiy jarayonlarda katta bahs va munozaralarga sabab bo‘lishi, shu bilan birga Shri-Lankada shaffoflik masalasini yanada oldinga surishi mumkin.

Foto: AP

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shri-Lankada sensatsiya: sobiq prezident Vikremesinghe qo‘lga olindi