date

Kaliforniyada ayiq muzqaymoq do‘konini «talon-taroj» qildi

Kaliforniyada ayiq muzqaymoq do‘konini «talon-taroj» qildi

AQSHning Kaliforniya shtatida juda qiziq voqea sodir bo‘ldi. Saut-Leyk-Taxo shahrida joylashgan Ice Cream Shop muzqaymoq do‘konida yakshanba kuni ertalab signalizatsiya ishga tushdi. Hodisa joyiga yetib kelgan politsiyachilar do‘kon ichida aylanib yurgan qo‘ng‘ir ayiqni ko‘rishdi.

Hayvon do‘kondan chiqishdan avval qulupnayli muzqaymoqdan tatib ko‘rishga ham ulgurgan. Keyin politsiya uni «do‘stona yo‘l» bilan tashqariga olib chiqdi. Ayiqning sotuvchiga o‘xshab turishini aks ettirgan videolavha internetda tarqaldi va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari unga «Momiq» deb laqab qo‘yishdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kaliforniyada ayiq muzqaymoq do‘konini «talon-taroj» qildi