date

Xorvatiyalik g‘avvos suv ostida 29 daqiqa nafas ushlab rekord yangiladi

Xorvatiyalik g‘avvos suv ostida 29 daqiqa nafas ushlab rekord yangiladi
Xorvatiyalik mashhur g‘avvos Vitomir Marichich suv ostida mutlaqo nafas olmasdan 29 daqiqa davomida turib, butun dunyo e’tiborini qozondi va Ginnesning rekordlar kitobiga rasman kiritildi. Uning benazir yutug‘i 14 iyun kuni Xorvatiyadagi "Bristol" mehmonxonasi basseynida Ginnesning rasmiy vakillari ishtirokida qayd etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, g‘avvos suvga sho‘ng‘ishdan oldin tanasini maksimal darajada “zaryadlash” uchun maxsus usuldan foydalangan. U 10 daqiqa davomida mutlaqo toza kislorod bilan nafas olib, o‘z organizmini ushbu sinovga tayyorladi.

Bu jarayon tibbiyotda denitrogenizatsiya deb ataladi. Uning mohiyati qon tarkibidan azotni chiqarib tashlash va shu orqali organizmni me’yordan bir necha barobar ko‘p miqdorda kislorod bilan to‘yintirishdan iborat. Natijada kislorod nafaqat qizil qon hujayralarida, balki plazmada ham eriydi, bu esa tananing havo zaxirasini sezilarli darajada oshirib, suv ostida uzoq vaqt turish imkoniyatini yaratadi.

Vitomir Marichichning bu yutug‘i o‘zidan oldingi rekordchi bo‘lgan, yana bir xorvatiyalik g‘avvos — Budomir Shobat ko‘rsatkichidan deyarli besh daqiqaga yuqori bo‘ldi. Shu tariqa, Xorvatiya sportchilari yana bir bor dunyoning ekstremal sport turlarida yetakchi ekanini namoyish etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xorvatiyalik g‘avvos suv ostida 29 daqiqa nafas ushlab rekord yangiladi