Eron qamoqxonalarida iyul oyi davomida o‘ta tashvishli va inson huquqlari tashkilotlarini jiddiy qo‘rquvga solgan holat qayd etildi. Inson huquqlari himoyachilari tarmog‘i (HRANA) tarqatgan oylik hisobotga ko‘ra, bir oy ichida mamlakat qamoqxonalarida kamida 160 nafar mahbus qatl jazosini bajarish orqali hayotdan mahrum etilgan. Shuningdek, ulardan uch nafari jamoat oldida osib o‘ldirilgani qayd etilmoqda.
Hisobotda ko‘rsatilishicha, o‘tgan oyda sud organlari tomonidan yana 16 nafar shaxsga yangi o‘lim jazosi tayinlangan. Shu bilan birga, Eron Oliy sudi esa ilgari chiqarilgan 4 ta o‘lim hukmini o‘z kuchida qoldirgan. Bu holat mamlakatda qatl jazosidan keng ko‘lamda foydalanilayotganini yana bir bor tasdiqladi.
Joriy yil boshidan beri to‘plangan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu yilning sakkiz oyi ichida qatl qilingan mahbuslar soni 818 nafarga yetdi. Ular orasida shaxsi aniqlangan 21 nafar ayol ham borligi alohida qayd etilmoqda. Bu raqamlar Erondagi jazo siyosati xalqaro hamjamiyat tomonidan kuchli tanqid ostida qolishini yanada kuchaytiradi.
Inson huquqlari tashkilotlari uzoq yillardan buyon Eron hukumatini o‘lim jazosidan ortiqcha va ko‘p hollarda noodilona foydalanayotgani uchun qoralab keladi. Ular, shuningdek, mahbuslarning huquqlari ta’minlanmasligi, qamoqxonalarda shaffoflik yetishmasligi va sud jarayonlari ko‘pincha adolat mezonlariga to‘liq javob bermasligini ta’kidlab kelishmoqda.
Eronda bir oy ichida 160 mahbus qatl etildi, orasida 21 ayol ham bor
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar