date

Vensning so‘zlari: Rossiya Tramp orqali Ukraina bo‘yicha yon berdi

Vensning so‘zlari: Rossiya Tramp orqali Ukraina bo‘yicha yon berdi

Ukrainadagi 3,5 yildan buyon davom etayotgan mojaro jarayonida ilk bor Rossiya tomoni AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyatiga jiddiy yon berishga tayyorligini bildirgani haqida mamlakat vitse-prezidenti J.D. Vens ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, bu jarayon mojaroni tugatish yo‘lida muhim burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin.

Vensning fikricha, Moskva bir qator asosiy masalalarda moslashuvchanlik ko‘rsata boshlagan:
— Ular urushni to‘xtatish uchun zarur bo‘lgan shartlar haqida gapira boshlashdi.
— Rossiya barcha talablarni qabul qildi, deb bo‘lmaydi. Ammo ular Ukraina urushdan keyin hududiy yaxlitligini saqlab qolishi va Kiyevda qo‘g‘irchoq hukumat o‘rnatilmasligini tan olishdi. Bu esa avvalgi yirik talablardan biri edi.

Shu bilan birga, Vens Rossiyaning o‘t ochishni to‘xtatishga shoshilmasligini aytib, bu qarorga turli murakkab omillar sabab bo‘layotganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Vashington Rossiya harakatlarini to‘liq nazorat qila olganida, mojaro yetti oy oldinoq yakun topgan bo‘lardi.

AQSH vitse-prezidenti qo‘shimcha qilib:
— Ukrainaliklar o‘z davlatlari hududiy chegaralarini faqat o‘zlari belgilaydi.
— Insoniyat tarixidagi barcha yirik urushlar va mojarolar oxir-oqibat muzokaralar orqali yakunlangan.
— Vashington Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etish imkoniyatini istisno qilmaydi, lekin bu jarayonda izchillikka amal qiladi.
— AQSH mojaro “bir kechada” tugashiga ishonmaydi, ammo olti oydan kechiktirmay tinchlik o‘rnatilishiga umid qilmoqda.

Vensning ta’kidlashicha, Ukraina bo‘yicha hal qilinishi shart bo‘lgan ikki asosiy masala bor: hududiy masalalar va xavfsizlik kafolatlari. Rossiya esa Kiyev uchun xavfsizlik kafolatlariga oid muzokaralarda ishtirok etishga tayyorligini bildirgan.

Shu bilan birga, AQSH hozircha Ukrainaga qo‘shin yuborish niyati yo‘q, ammo xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha faol rolni saqlab qolishda davom etadi.

Muttaxassislar bu yondashuvni tarixiy jarayon sifatida baholab, u yaqin kelajakda mojaroning siyosiy hal etilishi uchun yo‘l ochishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vensning so‘zlari: Rossiya Tramp orqali Ukraina bo‘yicha yon berdi