15 dekabr kuni Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin Yaponiyaga jo‘nab ketdi. Rossiya rahbarining samolyoti Yamaguti prefekturasidagi Ube aeroportiga qo‘ndi. Aeroportda Putinni Nagato shahri meri kutib olgan. Bu haqda “Izvestiya”ga asoslanib Qalampir.uz sayti xabar bermoqda.
Nagato shahrida Vladimir Putin va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe o‘rtasida o‘tkaziladigan muhokamalar uch qismdan iborat bo‘lishi kutilmoqda. Ilk muzokaralar ikki davlat delegasiyasi a’zolari bilan birgalikda tor doirada o‘tkaziladi.
Keyingi muhokamalar Putin va Abe o‘rtasida yakkama-yakka o‘tishi belgilangan. 16 dekabr kuni Vladimir Putin va Sindzo Abe Tokiodagi tadbirlarda ishtirok etadi.
Kreml matbuot xizmati avvalroq, Putin va Abe o‘zaro uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy masalalarga asosiy urg‘u berishlari haqida xabar qilgandi. Shuningdek, hududiy mavzuga oid muammo ham muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.
Tashrif oldidan Vladimir Putin Yaponiya bilan chegara xususida tinchlik shartnomasini imzolashga harakat qilishi haqida ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”