date

Armaniston banklari rossiyaliklar ma’lumotini yig‘ishni boshladi

Armaniston banklari rossiyaliklar ma’lumotini yig‘ishni boshladi

Armanistondagi bank va brokerlik tashkilotlari rossiyalik mijozlardan soliq rezidentligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘rashni boshladi. Bu jarayon Rossiya bilan avtomatik ma’lumot almashinuvi doirasida amalga oshirilmoqda, deb xabar qilindi.

Mutasaddilarga ko‘ra, Yerevan 2024 yil natijalari bo‘yicha birinchi ma’lumotlarni joriy yil sentyabr oyida Moskvaga taqdim etadi. Shu orqali Rossiya soliq xizmati Armanistonda hisob ochgan fuqarolarning daromad va aktivlarini ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi.

Ayni paytda Armaniston rossiyaliklar orasida eng ommabop xorijiy bank hisoblari ochiladigan mamlakatlar qatoriga kiradi. Bu tendensiya keyingi oylarda yanada kuchayishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Armaniston banklari rossiyaliklar ma’lumotini yig‘ishni boshladi