Pokistonda musson yomg‘irlari yana katta falokat keltirdi. Kuchli yomg‘ir tufayli ko‘plab qishloqlar suv ostida qoldi, yuzlab odamlar halok bo‘ldi, minglab uylar vayron bo‘ldi.
Eng og‘ir muammo shundaki, odamlar oldindan ogohlantirilmagan. Qutqaruvchilar asbob-uskunalarsiz qo‘l mehnati bilan ishlashga majbur bo‘ldi. Ba’zi hududlarga yordam vaqtida yetib bormadi.
Pokiston iqlim o‘zgarishidan eng ko‘p zarar ko‘rayotgan davlatlardan biri. 2022-yilda ham shunday toshqin bo‘lib, 1 700 kishi halok bo‘lgandi. Mutaxassislar bunday yomg‘irlar kelajakda yanada kuchayishini aytmoqda.
Ammo muammo faqat tabiatda emas. Mamlakat byudjeti ko‘proq mudofaa uchun sarflanadi, iqlim muammolariga esa juda oz mablag‘ ajratiladi. Shu sababli xalqaro yordam ham yetarli darajada jalb qilinmayapti.
Qolaversa, daryo bo‘yida qurilishlar davom etmoqda. Mutaxassislar ogohlantirishicha, agar jiddiy choralar ko‘rilmasa, bunday fojealar yana takrorlanaveradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar