date

Buyuk Britaniya ko‘chma o‘likxonalar va sovuq kameralarni ommaviy ravishda sotib oladi

Buyuk Britaniya ko‘chma o‘likxonalar va sovuq kameralarni ommaviy ravishda sotib oladi

Buyuk Britaniya hukumati jamoatchilik e’tiborini jalb etgan yangi qaror qabul qildi. Ichki ishlar vazirligi katta miqyosli fojialar va ommaviy qurbonlar yuz bergan taqdirda jasadlarni saqlash imkonini beruvchi maxsus uskunalar sotib olish uchun yirik shartnomaga imzo chekdi. Shartnoma qiymati 7,5 million funt sterlingni tashkil etadi.

Norvegiyaning Steigan nashri tahlilchisi Jim Fergyuson yozganiga ko‘ra, kelishuv doirasida maxsus chodirlar, ko‘chma o‘likxonalar va 700 tagacha jasadni sig‘dira oladigan zamonaviy sovuq kameralar yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

«Buyuk Britaniya Ichki ishlar vazirligi ommaviy o‘limlar uchun mo‘ljallangan uskunalar — chodirlar, mobil o‘likxonalar va yuzlab jasadlar sig‘ishi mumkin bo‘lgan sovuq kameralarni jimgina xarid qildi», — deya ta’kidlanadi maqolada.

Shartnoma shartlariga ko‘ra, ushbu tizim inqirozli holat boshlanganidan keyin bir necha kun ichida joylashtirilishi lozim. Ammo tahlilchilarning fikricha, rasmiylar bu kabi tayyorgarlikning asl sabablari haqida aholini xabardor qilmayotgani turli shubhalarga yo‘l ochmoqda.

Fergyusonning eslashicha, pandemiya davrida hukumat yetarli darajada samarali choralar ko‘rmagan va bu minglab keraksiz o‘limlarga sabab bo‘lgan. Shu bois, hozirgi qaror atrofidagi maxfiylik va ochiqlikning yo‘qligi yanada ko‘p savollarni keltirib chiqarmoqda.

E’tiborlisi, so‘nggi oylarda Buyuk Britaniyada muhojirlar masalasi ham keng muhokama qilinmoqda. Xususan, noqonuniy muhojirlarni mehmonxonalarda joylashtirishga qarshi keng ko‘lamli namoyishlar bo‘lib o‘tdi. 26 iyul kuni yuzlab namoyishchilar milliy bayroqlar bilan Norvich, Lids va boshqa shaharlardagi mehmonxonalar oldiga chiqib, ularning yopilishini talab qilishdi. Politsiya esa migratsiyaga qarshi namoyishchilar bilan migrantlar huquqlarini himoya qiluvchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar chiqishining oldini oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Buyuk Britaniya ko‘chma o‘likxonalar va sovuq kameralarni ommaviy ravishda sotib oladi