1 sentabrdan e’tiboran dorixona xodimlari xaridorlarga mavjud arzonroq muqobil dorilar haqida xabar bermagan taqdirda, katta miqdorda jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqida Moskva davlat yuridik universiteti dotsenti Aleksey Kubishkin ma’lum qildi, deb yozadi Pravilamag.
Uning ta’kidlashicha, yangi tartib Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan va 1 sentabrdan kuchga kiradigan “Tibbiyotda yaxshi dorixona amaliyoti qoidalari”ga kiritilgan o‘zgartirishlar bilan bog‘liq.
Amaldagi qonun dorixona mutaxassislari va rahbarlarini arzonroq preparatlar borligi haqida ma’lumotni yashirmaslikka majbur qilgan edi. Lekin talablar aniq belgilab berilmaganligi sababli, endilikda bunday holatga yo‘l qo‘yilsa, sanksiyalar qo‘llanadi.
Qoidaga amal qilmagan xodimlar 100 mingdan 200 ming rublgacha jarimaga tortilishi mumkin. Bu esa litsenziyalash shartlarini qo‘pol ravishda buzish sifatida baholanadi, deya qo‘shimcha qildi Kubishkin.
Avvalroq farmatsevtlarga dori tanlashdagi noto‘g‘ri yondashuv uchun javobgarlik joriy etish taklif qilingan edi. Tadqiqotlar esa 60 foiz hollarda dorixona xodimlari aynan marketing kelishuvi mavjud bo‘lgan preparatni xaridorga tavsiya qilishini ko‘rsatgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!