Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga zamonaviy qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha navbatdagi yirik bitimni tasdiqladi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Vashington Kiyev tomonidan 850 million dollarlik 3350 ta Extended Range Attack Munition (ERAM) turkumidagi uzoq masofaga mo‘ljallangan raketalarni xarid qilish rejasini ma’qullagan.
Manbalarning ta’kidlashicha, mazkur qurollar Ukrainaga taxminan olti haftadan so‘ng yetkazib beriladi. E’tiborlisi, kelishuvning asosiy moliyalashtirilishini Yevropa davlatlari zimmasiga olgan. Bu esa G‘arbning Ukrainaga qaratilgan harbiy va siyosiy yordamini yanada kuchaytirayotganidan darak bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ERAM raketalari 150 mildan 280 milgacha (240–450 kilometr) uzoq masofadagi nishonlarni aniq yo‘q qilish qobiliyatiga ega. Mutaxassislar ta’kidlashicha, ular Ukraina qurolli kuchlari uchun frontda strategik ustunlik berish imkoniyatini yaratishi mumkin.
Biroq, ushbu qurollarni qo‘llash to‘g‘ridan to‘g‘ri Pentagonning ruxsatiga bog‘liq bo‘ladi. Amerikalik rasmiylar "Wall Street Journal" nashriga bergan izohida ta’kidlashicha, Kiyev har bir amaliyot uchun AQSH bilan muvofiqlashgan holda harakat qilishi shart.
Shu tariqa, Ukraina harbiy salohiyati yanada kuchayishi kutilmoqda. Biroq ekspertlar fikricha, AQSH tomonidan qo‘yilgan chegara va shartlar Kiyevning mustaqil harakatlarini ma’lum darajada cheklab qo‘yishi mumkin.
AQSH Ukrainaga 850 million dollarlik yangi raketalar sotishni ma’qulladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar