date

AQSHda Arkanzas universiteti kutubxonasida otishma sodir bo‘ldi

AQSHda Arkanzas universiteti kutubxonasida otishma sodir bo‘ldi
Amerika Qo‘shma Shtatlarida yana bir daxshatli holat yuz berdi. Arkanzas universitetining kampus hududida joylashgan Mullins kutubxonasida otishma qayd etilgani haqida rasmiy xabar tarqatildi. Universitet ma’muriyatining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilingan bayonotda talabalar va xodimlarga kutubxona atrofidan darhol uzoqlashish, xavfsiz hududga chiqish tavsiya etildi.

«Faol otishma haqida signal berilgani uchun, iltimos, Mullins kutubxonasi yonidan tezda uzoqlashing», — deyiladi rasmiy xabarda.

Ayni paytda otishmaga doir qo‘shimcha ma’lumotlar ochiqlanmagan. Hodisa sabablari, qurbonlar yoki jabrlanuvchilar haqida hali hech qanday aniq ma’lumot berilmagan. Mutasaddi huquq-tartibot organlari hodisani o‘rganishni boshlab yuborgani ma’lum qilindi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, AQSH universitetlarida bunday holatlarning tez-tez sodir bo‘lishi jamoatchilik orasida jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Ota-onalar va talabalar xavfsizlik choralarining kuchaytirilishini talab qilmoqda.

Bu otishma Arkanzas universiteti tarixidagi eng og‘ir voqealardan biri sifatida qayd etilishi mumkin. Rasmiylar hodisa tafsilotlarini yaqin soatlarda oshkor etishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda Arkanzas universiteti kutubxonasida otishma sodir bo‘ldi